Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek yulduzlari tomonidan yo‘lovchi poyezdlarda konditsioner tizimi ishlamayotganligi haqidagi xabarlar tarqaldi.
Holat yuzasidan “O‘ztermiyo‘lyo‘lovchi” izoh berdi.
Qayd etilishicha, mazkur poyezd 12-iyul kuni “Xiva — Andijon” yo‘nalishida harakatlangan. Yo‘l davomida mazkur yo‘lovchi poyezd vagonida texnik nosozlik aniqlangan bo‘lib, yo‘lovchilar vaqtincha boshqa vagonga o‘tkazilgan.
Mazkur yo‘lovchi vagon 1991-yilda qurilgan bo‘lib, o‘rnatilgan tartibda o‘z muddatlarida texnik ta’mirlardan o‘tkazilgan.
Ushbu vagonga o‘rnatilgan sovutish tizimi, texnik shartlariga ko‘ra, tashqi havo harorati +40 C darajadan yuqorilab ketganda, tizimning sovutish samaradorligi yo‘qoladi. Hozirgi kunlarda mamlakat hududi bo‘ylab kuzatilayotgan anomal issiq havo harorati tufayli ayrim vagonlarning sovutish tizimlarida nosozliklar kuzatilmoqda.
Video lavhaga tushirilgan poyezdning yo‘l davomida havo harorati +40 C darajadan yuqorilab ketganligi sababli sovutish tizimining kompressor uskunasi ishlamay qolgan, natijada vagon sovutilmagan. Poyezd Toshkent-Janubiy vokzaliga yetib kelganidan so'ng, unga qo'shimcha qilib soz holatdagi vagon ulandi va yo'lovchilar ushbu vagonga o'tkazildi.
Iqlimshunos Erkin Abdulahatov esa yil boshidan buyon O‘zbekistonda hali anomal issiqlik kuzatilmagani va “O‘zgidromet” ham bu borada hali ogohlantirish xabari eʼlon qilmaganini bildirdi.
"Aytmoqchi, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ o‘zining temir yo‘l vagonlarida sovitish tizimining yaxshi ishlamayotgani bilan bog‘liq “uzr”li rasmiy bayonotiga respublikada anomal issiqlik kuzatilganini asos qilib ko‘rsatibdi.
Qizig‘i esa yil boshidan buyon O‘zbekistonda hali anomal issiqlik kuzatilgani yo‘q va O‘zgidromet ham bu borada haligacha ogohlantirish xabari eʼlon qilganicha yo‘q", - deya yozgan u.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103013 | Инструменты