Huawei 2
Rejissyor Shamsiddin Qodirov 63 yoshda vafot etdi

Rejissyor Shamsiddin Qodirov 63 yoshda vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

U faoliyati davomida yuzga yaqin madaniy-ma’rifiy tadbirlar, Navro‘z xalq sayillari, Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan ommaviy bayram va konsert dasturlarini mohirona sahnalashtirib, madaniyat va san’atimiz targ‘ibotiga katta hissa qo‘shgan.

Shamsiddin Qodirov madaniyat sohasidagi 37 yillik faoliyati davomuda tomosha san’atining yangidan jonlanishi va rivojlanishiga munosib hissa qo‘sha olganlar shaxslardan biri edi.

Uzreport.news tahririyati marhumning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga