Reper Konsta va "Sahar" guruhi O'zbekistondagi YTHlarga bag‘ishlangan qo‘shiq va klipni taqdim etdi

Reper Konsta va “Sahar” guruhi 17-noyabr kuni “Yashagim kelar” qo‘shig‘i va unga ishlangan klipni taqdim etdi. U O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan YTHlar va unda jabrlanganlarga bag‘ishlangan.

Qo‘shiq mualliflari — “Sahar” guruhi va reper Konsta o‘ziga xos murojaat yo‘llab, insonlar hayoti va salomatligini saqlash hamda yangi fojialarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida O‘zbekiston aholisini yo‘llarda diqqat-e'tiborli bo‘lishga chorlaydi.

“Yashagim kelar” qo‘shig‘i uchun klip YTHda jabrlangan insonlar taqdirida sodir bo‘lgan real voqealarga asoslangan holda suratga olingan. Unda videoregistrator kamerasi va tashqi kuzatuv kameralarida muhrlangan kadrlardan foydalanilgan. Shuningdek, O‘zbekiston yo‘llarida shikastlangan va o‘z yaqinlarini yo‘qotgan insonlar ishtirok etgan.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72715 | Инструменты