O'zgidromet ushbu hafta davomida kutilayotgan ob-havo bashoratlarini ma'lum qildi
Bugun va ertaga O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida bugun kechqurun va 29 sentabr kuni kechasi ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati asosan kunduz kunlari 25-28 daraja, kechalari 10-13 daraja bo‘ladi.
30 sentabr va 1 oktabr kunlari respublika hududi bo‘yicha (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari) ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 2 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 8-13 daraja, kunduz kunlari 21-24 daraja, ba’zi joylarda 26 darajagacha bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va toli hududlarida hafta davomida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 30 sentabr-1 oktabrda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 sentabr va 1 oktabrda cho‘l hududlarda va janubda ba’zi joylarda 14 m/s gacha kuchayadi.
Toshkentda bugun kechqurun va 29 sentabrda kechasi biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat asosan kechalari 10-13 daraja, kunduz kunlari 25-28 daraja bo‘ladi. 30 sentabr va 1 oktabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 2 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 10-13 daraja, kunduz kunlari 21-24 daraja bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 92914 | Инструменты