Namangan shahrida hech qayerda qayd etilmagan davlat raqami belgisi bilan avtomashinani istagan tezlikda boshqarib insonlar hayotiga xavf solib kelgan haydovchi ushlandi. Bu haqda viloyat YHXB xabar qildi.
Qayd etilishicha, joriy yil 31-mart kuni soat 23:30 da Namangan shahar Davlatobod tumani Islom Karimov ko'chasida "Hyundai Sonata" rusumli avtomashina YPX inspektorlari tomonidan to'xtatilib, haydovchilik guvohnomasi va mashina hujjatlarini ko'rsatish talab qilingan.
Haydovchi esa mashina unga tegishli emasligini aytgan va hech qanday hujjatlar taqdim eta olmagan. Shundan so'ng avtomobil belgilangan tartibda vaqtincha saqlab turish uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiriv harakatlari o'tkazilganda tarnsportni ro'yxatdan o'tkazish guvohnomasi yo'qligi, uning davlat raqam belgisi esa Yo'l harakati xavfsizligi xizmati ro'yxatidan o'tkazilmaganligi aniqlangan.
Chust tumanida yashovchi 1990-yilda tug'ilgan fuqaroga tegishli bo'lgan ushbu transport vositasida sodir etilgan ma'muriy huquqbuzarliklar o'rganilganda haydovchi joriy yilning shu vaqtiga qadarjami 152 ta holatda harakat tezligini oshirgani va ushbu qoidabuzarliklari ortidan yuzaga kelgan jarima summasi 410 mln so'm ekanligi aniqlangan.
Biroq davlat raqami haqidagi ma'lumotlar tizimda mavjud emasligi bois sodir etilgan huquqbuzarliklarga nisbatan jarima solish to'g'risidagi qaror chiqarishning imkoniyati bo'lmagan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Avtomashina esa jarima maydonida saqlanmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70709 | Инструменты