Huawei 2
"Rinotin kids" biologik faol qo‘shimchasiga berilgan ruxsatnoma bekor qilindi

"Rinotin kids" nomli siropning ichida nimadir borligi va dorining qopqog‘i mog‘orlaganligi sababli xaridorlar tomonidan qaytarib olib kelinganligi aytilgan xabar ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Sanepidqo‘mita Matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, qo‘mita mutaxassislari tomonidan ushbu holat yuzasidan qonun doirasida o‘rganish ishlari olib borilib, aholi orasida ovqatdan zaharlanish holatlarini kelib chiqishining oldini olish maqsadida sirop mahsulotlariga berilgan ruxsatnomalar bekor qilingan.

"CYNERGY PHARMCO" MCHJga respublika hududlaridagi barcha savdo tarmoqlari hamda dorixonalardagi "Rad Gida Laboratuvarive Ilac Sanayi Ticaret Limited" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan "Rinotin kids" sirop mahsulotlarini qaytarib olish topshirig‘i berilib, ijrosi nazorat ostiga olingan", - deyiladi xabarda.

Shuningdek, bugungi kun holatiga ko‘ra korxona tomonidan 28 ta dorixonalardan mahsulotlar qaytarib olingan. Mazkur holat yuzasidan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga