Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi mamlakat hududida o‘z faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirayotgan rossiyalik jurnalist va blogerlarini O‘zbekiston qonunlariga rioya qilishga chaqirdi. Bu haqda elchixonaning tegishli bayonoti e’lon qilindi.
“Rossiya OAVlarining O‘zbekistondagi faoliyati davomida ba’zida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlar yuzasidan yana bir bor eslatib o‘tamizki, mezbon davlat qonunchiligiga qat’iy rioya qilish zarur", deyilgan xabarda.
Shuningdek, O‘zbekiston hududida o‘z faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirayotgan rus jurnalist va blogerlari mamlakatga safar qilishdan oldin O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligidan tegishli akkreditatsiyadan o‘tishi kerakligi ham eslatib o‘tilgan.
Ma’lumot uchun, jurnalist Aleksey Pivovarov va uning suratga olish guruhi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida oldindan akkreditatsiyadan o‘tmasdan, amaldagi qonunchilikni buzganligi uchun Nukusda vaqtincha ushlab turilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122700 | Инструменты