Joriy yilning yanvar oyida biz o‘zbekistonliklar Rossiyada o‘z voyaga yetmagan farzandini o‘ldirib, dafn etganini xabar qilgan edik. Ayol Andijon viloyatida tug‘ilgan 28 yoshli ayol bo‘lib, u turmush o‘rtog‘i bilan 2016 yildan beri Novosibirskda yashagan.
Sud bir yarim yoshli qizini qiynoqqa solishda ayblanib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan o‘zbekistonlik ayolga nisbatan hukm chiqardi, deb xabar berdi Rossiya Tergov qo‘mitasining Novosibirsk viloyati bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati.
Tergov va sud versiyasiga ko‘ra, ayol 2021 yilning iyunidan avgustigacha bo‘lgan davrda bir yarim yoshli qiziga hatto ahamiyatsiz sabablarga ko‘ra ham bo‘ysunmagani uchun kaltaklash orqali muntazam ravishda jismoniy va maʼnaviy azob bergan.
2021 yil avgust oyida qizcha vafot etgan, ona esa tibbiyot muassasalariga murojaat qilmasdan, qizini tomorqaga o‘zi ko‘mgan.
Ayol Rossiya Federatsiyasi JKning 117-moddasi 2-qismi “g” bandida (qiynoqqa solish, yaʼni aybdorga moddiy yoki boshqa jihatdan qaram bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsga nisbatan muntazam ravishda kaltaklash yo‘li bilan jismoniy yoki ruhiy azob berish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi.
Sud unga umumiy tartibli koloniyada 4 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122616 | Инструменты