Huawei 1
Rossiyada jurnalistni zo‘rlagan o‘zbekistonliklarga sud hukmi o‘qildi

Rossiyaning Moskva shahri sudi joriy yilning yozida “Match TV” jurnalistini zo‘rlagan uch nafar O‘zbekiston fuqarosiga hukm e’lon qildi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar berdi.

Qayd etilishicha, ikki nafar ayblanuvchi 9 yillik, uchinchi shaxs esa 4 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Ular jazo muddatini umumiy tartibdagi koloniyada o‘tashi belgilangan. Sudda prokuror ularga 9,5 yillik qamoq jazosi so‘ragan.

Ma’lumot uchun, voqea joriy yil 6 iyulga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. 22 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan va “Match TV” xodimi ish joyidan chiqib ketayotganida tajovuz qilgan. OAV xabarlariga ko‘ra, tergov ikki gumondor ayolni zo‘rlagan, uchinchi shaxs esa kuzatuvda bo‘lgan, deb hisoblagan. 8 iyul kuni dastlabki sud majlisi bo‘lib o‘tgan va uchala gumondor Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi (Guruh tomonidan sodir etilgan zo‘rlash) bo‘yicha ayblanib, qamoqqa olingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122705 | Инструменты