Rossiya OAVlarida O'zbekiston fuqarosi bo'lgan ayol bolasining o'limiga sababchi bo'lgani mazmunida xabar tarqaldi. Unda aytilishicha, ayol 2019-yildan buyon bolaning koʻz oʻngida muntazam ravishda spirtli ichimliklar isteʼmol qilgan, uni kaltaklagan va kamsitgan.
Bundan tashqari, u ota-onalik majburiyatlarini bajarmagan. Ya’ni farzandining to'g'ri ovqatlanishiga, uyqusiga bee’tibor bo’lgan. Bola hatto oddiy kiyimdan mahrum bo'lgan, tibbiy yordam olish imkoniyatiga ega bo'lmagan. U yana madaniy tadbirlar va dam olishlarga borolmagan.
Qayd etilishicha, oilaning doimiy uy-joyi bo‘lmay ijarada yashashgan.
2021-yilning 25-iyun kuni Kolpino shahrida mast ayol o‘z o‘g‘lini kaltaklab, behayo so‘zlar bilan haqoratlagan, natijada o‘smir o‘z joniga qasd qilgan.
Ayol Rossiya qonunlariga muvofiq, 110-modda (Qo‘rqitish, shafqatsiz munosabatda bo‘lish va jabrlanuvchining insoniy qadr-qimmatini muntazam kamsitish yo‘li bilan o‘z joniga qasd qilishga undash) va 156-modda (Voyaga yetmaganni tarbiyalash bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik) bo‘yicha aybdor deb topilgan. U jazoni umumiy rejimdagi koloniyada o‘taydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60904 | Инструменты