Huawei 1
Rossiyada o‘zbekistonliklar uchun maxsus turistik kartalar joriy etiladi

Rossiyada O‘zbekistondan tashrif buyurgan fuqarolar to‘lov uchun foydalanadigan turistik kartani yaratish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “TACC” agentligiga Rossiya Davlat dumasi turizm qo‘mitasi rahbari Sangadji Tarbaev ma’lum qildi.

Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasidagi sayyohlik salohiyati taqdimotida deputat Rossiyaga kiruvchilar orasida o‘zbekistonliklar eng katta guruhni tashkil etishini ta’kidladi.

Tovar va xizmatlar uchun to‘lov mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda muhim o‘rin tutadi, deya qo‘shimcha qildi u.

Rossiya emitentlari tomonidan qo‘llanilayotgan “Mir” to‘lov tizimi “xalqaro argumentlar tufayli” O‘zbekistonda ishlamayapti. Tomonlar naqd pulsiz hisob-kitoblar uchun imkoniyatlar yaratish ustida ishlamoqda.

“Iqtisodiy rivojlanish vazirligi va Moliya vazirligi mutaxassislari yordamida o‘zbekistonlik sayyohlarga „Mir“ tizimi asosida virtual hisoblar yaratish orqali Rossiyada to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi turistik karta ishlab chiqilmoqda”, — dedi Tarbaev.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92020 | Инструменты