Huawei 1
Rossiyada ota-ona qaramogʻisiz qolgan 15 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar va Sog'liqni saqlash vazirliklari bilan birgalikda Rossiya hududlarida ota-ona qaramog'isiz qolgan 15 nafar voyaga yetmagan bola yurtimizga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

O'zbekistondan kelgan ishchi guruh a'zolari qarovsiz qolgan bolalarning barcha zarur hujjatlarini yig'ish maqsadida ikki hafta davomida Rossiyaning turli hududlarida bo'ldi.

Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan va yordamga muhtoj barcha bolalar dastlab Moskva shahridagi voyaga yetmaganlar uchun mo'ljallangan ijtimoiy reabilitatsiya markaziga joylashtirildi. Shundan so'ng ular O'zbekistonga qaytarildi.

"Biz bolalarni O'zbekistonga repatriatsiya qilish uchun qabul qildik. Markazda bo'lgan vaqt mobaynida ularga barcha ijtimoiy va tibbiy yordam ko'rsatildi", - dedi Moskva shahridagi "Markaziy" oilaviy tarbiyaga ko'maklashish markazi bo'lim rahbari Odil Zokirov.

O'zbekiston elchixonasi tomonidan bolalarning Vatanga qaytishi uchun zarur sertifikatlar bepul rasmiylashtirildi.

Voyaga yetmagan yurtdoshlarimiz O'zbekistonga qaytgach, yaqin qarindoshlari homiyligiga (vasiyligiga) yoki mamlakatimizdagi maxsus bolalar muassasalariga topshiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10111 | Инструменты