Huawei 1
Rossiyada ota-ona qaramog'isiz qolib ketgan bolalar O'zbekistonga qaytarildi

O'zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari ko'magida, Rossiyada ota-ona qaramog'isiz qolib ketgan 16 nafar voyaga yetmagan yurtdoshimiz O'zbekistonga qaytarildi

Ularning ota-onalari Rossiya migratsiya qonunchiligini buzgani sababli O'zbekistonga deportatsiya qilish uchun Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga joylashtirgan. Bolalar esa yaqinlari, mehribonlik uylari va boshqa muassasalarga topshirilgan.

Yurtimiz diplomatlari O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamrohligida bolalarni Vatanga qaytishlarini ta'minladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42512 | Инструменты