Huawei 1
Toshkentda badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi boshlandi

Bugun poytaxtimizda badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi. Bellashuvlarda 26 mamlakatdan tashrif buyurgan 100 nafardan ortiq sportchi oʻz mahoratlarini namoyish etishadi.

Dasturga koʻra, bugun saralash bosqichi va tantanali ochilish marosimi oʻtkaziladi. Ertadan sportchilar medallar uchun kurashni boshlashadi. Eslatib oʻtamiz, musobaqada quyidagi gimnastikachilarimiz ishtirok etishmoqda:

Yakkalik bahslar:
– Taxmina Ikromova
– Anastasiya Saranseva

Guruh mashqlari:
– Evelina Atalyans
– Maftuna Zoirova
– Adelya Fayzulina
– Mumtozabonu Isʼhoqzoda
– Amaliya Mamedova
– Irodaxon Sodiqova.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42519 | Инструменты