Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-yanvardagi Vazirlar Mahkamasining 6-son "Xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining bolalarini O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlar tomonidan joriy yilning 29-mart kuni Rossiya Federatsiyasidagi hamda Qozog‘istondagi O‘zbekistonning elchixonalari bilan hamkorlikda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining jami 21 nafar bolalar O‘zbekistonga qaytarildi.
Olib kelingan bolalarning barchasiga tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilib, 18 nafari Toshkent shahar IIBB HPB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga, 3 nafari Toshkent shahar bolalar uyi davlat korxonasiga topshirildi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Tailandning Pattaya shahrida og'ir kasallikka chalingan yurtdoshimiz O'zbekistonga qaytarilgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40219 | Инструменты