O'zbekiston Prezidentining 17-oktabrdagi "Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Bosh konsulxona va Migratsiya agentligining Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi hamkorligida Kogalim shahrida joylashgan "Spespromservis" MCHJ bilan vatandoshlarimizni ish bilan ta'minlash yuzasidan muzokaralar o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Muzokaralar natijasida bir guruh fuqarolarimiz ish bilan ta'minlandi.
"Spespromservis" MCHJ neft quduqlarini burg'ilash sohasida faoliyat yuritib kelmoqda. Vatandoshlarimiz ish beruvchi tomonidan o'tkazilgan suhbatlar hamda tayyorgarlik jarayonlaridan muvaffaqiyatli o'tib, burg'uvchi va mashinist mutaxassisligi bo'yicha ish bilan ta'minlandilar.
Tashkilot tomonidan xodimlar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, hamyurtlarimizga bir ish mavsumi davomida O'zbekistonga borish-qaytish aviachiptasi harajatlari qoplab berilishi ta'minlangan. Korxona tomonidan taqdim qilingan yashash sharoitlari va qulayliklar fuqarolarimiz tomonidan ijobiy baholanmoqda.
Bosh konsulxona vakillari tomonidan vatandoshlarimiz bilan tushuntirish ishlari muntazam olib borilmoqda va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish maqsadida, ijtimoiy tarmoqlarda muloqotlar o'tkazib kelinmoqda. Hozirgi kunda 60 nafar fuqarolarimiz mazkur tashkilotga ishga yuborilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122705 | Инструменты