Tashqi mehnat migratsiyasi bu bo'yicha ma'lumot berdi
Tashqi mehnat migratsiyasining xabar berishicha, internetda Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan mehnat migrantlarining Rossiya Federasiyasida harbiy xizmatga majburiy chaqirilishi haqidagi mish-mishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligining soxta buyrug‘iga tayanib, Rossiyada vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari qisman safarbar qilinishi, agar shartnoma tuzishdan bosh tortsa, go‘yoki ularning ishlashga ruxsatnomalari bekor qilinishi va deportasiya qilinishi haqidagi noto‘g‘ri xabarlar tarqatilmoqda.
"Rossiya Federasiyasi hududidagi O‘zbekiston fuqarolarini turli da’vatlarga ergashmaslikka, faqat rasmiy ma’lumotlarga e’tibor qaratishga chaqiramiz",-deydi agentlik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11119 | Инструменты