Ruslan Davletov: Bugungi O'zbekiston sharoitida cheklovlar haqida kamroq gapirishimiz kerak deb o'ylayman, chunki cheklashga juda ustamiz, shu paytgacha buni judayam zo'r uddalaganmiz
Bugun Xalqaro press-klubning so'z hamda matbuot erkinligi haqida davra suhbati o'tkazildi.
Davra suhbatida Adliya vaziri Ruslan Davletov ham so'zga chiqdi va so'z erkinligi masalasida qonunchilikning roli masalalariga to'xtaldi.
"Bir narsaga e'tibor qilish kerak, jurnalist va bloggerlar olayotgan davlat xaridlari to'g'risida yoki boshqa ma'lumotlar qayerdan chiqyapti? Davlatning o'zi shunga imkoniyat yaratib beryapti ya'ni ochiqlik siyosati, byudjetni qabul qilish jarayonlari ochiqligi natijasida byudjetning har bir parametrlari omma orasida keng muhokama qilinyapti.
Huquq bor joyda chegara ham bo'lishi kerak, yashash huquqida chegara bo'lmasligi kerak, u eng oliy ne'mat. Boshqa huquqlarda ayrim chegaralar bo'lishi kerak. Bu dunyo bo'yicha tan olingan standart.
Bugungi O'zbekiston sharoitida cheklovlar haqida kamroq gapirishimiz kerak deb o'ylayman, chunki cheklashga juda ustamiz, shu paytgacha buni judayam zo'r uddalaganmiz. Endi o'ylaymanki, huquqni ta'minlash to'g'risida ko'proq gapirishimiz kerak.
Ko'p qonunlar haqida gapirildi, biz mana shu o'zgarishlar jarayonida qandaydir qonunlarni qayta ko'rib chiqmadik, bu qonunlar bor edi. Ularning realizatsiyasi, amalga oshirilishi yuz bergani uchun mana shu holatlar kuzatilyapti", - dedi Ruslan Davletov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42721 | Инструменты