Huawei 1
Rustam Karimjonov Xalq ta'limi vazirining o'rinbosari etib tayinlandi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 10 iyun kunidagi qarori bilan Xalq ta'limi vazirining o'rinbosari tayinlandi.

Bu haqda XTVning axborot xizmati ma'lum qildi.

Prezident qaroriga ko'ra, Karimjonov Rustam Olimjon o'g'li Xalq ta'limi vazirining o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shu paytgacha Rustam Karimjonov O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya” markazi davlat unitar korxonasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Rustam Karimjonov 2019 yil sentyabr oyida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlangan Sarvar Babaxodjayev o'rniga tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga