Huawei 1
Soliq to‘lovchilar I chorakda 8 trln so‘mdan ortiq soliq imtiyozlaridan foydalandi

2024-yilning yanvar-mart  oylarida 155 468 ta tashkilot 8,6 trln so‘m miqdorda soliq imtiyozlaridan foydalangan.

Shu bilan birga:

— 2 237 ta korxona moliyaviy xizmatlar bo‘yicha 4,5 trln so‘mdan ortiq QQSsiz operatsiyalar amalga oshirgan;

— 4 840 ta korxona 7,5 trln so‘mdan ziyod QQS "nol" stavkasini qo‘llagan.

Soliq turlari kesimida foydalanilgan soliq imtiyoz summalari:

— QQS – 3,9 trln so‘m;
— yer solig‘i – 1,8 trln so‘m;
— foyda solig‘i – 1,1 trln so‘m;
— mol-mulk solig‘i – 792,5 mlrd so‘m;
— ijtimoiy soliq – 576,7 mlrd so'm;
— JShODS – 214,7 mlrd so‘m
— AOS – 42,7 mlrd so‘m;
— suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 19,8 mlrd so‘m.

Xalqaro ekspertlar xulosasiga asosan, QQS bo‘yicha moliyaviy xizmatlar va nol stavka hisobi alohida yuritiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42916 | Инструменты