Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi O‘zbekistondagi jami 236 mingdan ortiq ishchiga ega 10 ta eng yirik ish beruvchi kompaniya ro‘yxatini eʼlon qildi.
29-aprel holatiga ko‘ra, eng ko‘p xodimlarga ega kompaniyalar ro‘yxatiga quyidagilar kirdi:
Navoiy kon-metallurgiya kombinati — 48 308 ta;
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati — 36 629 ta;
"Temiryo‘linfratuzilma" (temiryo‘l infratuzilmasi bilan shug‘ullanuvchi) — 34 816;
"Hududiy elektr tarmoqlari" — 20 873 ta;
Romstar O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasi (to‘qimachilik korxonalariga ega) — 18 800;
"O‘zbektelekom" — 17 641;
UzAuto Motors — 16 628;
"Hududgaztaʼminot" — 16 309;
"O‘zbekneftgaz" — 13 926;
Anglesey food (Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘iga tegishli) — 12 726.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51519 | Инструменты