Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi, Navoiy va Buxoro viloyatlari Ekologiya boshqarmalari tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbirlari o’tkazildi.
Reyd davomida fuqarolar R.E. va K.F. tomonidan “UAZ” rusumli avtomashinada Uchquduq tumani “Shalxar” OFY choʻl hududidan saksovul butalari sindirib olib ketilayotganligi aniqlandi. Natijada tabiatga 10 mln 500 ming soʻm zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtK ning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 18 mln 750 ming soʻm jarima belgilandi. Ular jami 29 million 250 ming so’m tovon to’laydigan bo’ldi.
Buxoro viloyati Olot tumanidagi reyd davomida esa saksovulga shikast yetkazganlar aniqlanib, huquqbuzarlarga qariyb 14 million 625 ming so‘m jarima belgilangan.
Noqoqnuniy ov bilan qilib yurgan huquqbuzarlar javobgarlikga tortildi.
Maʼlumot uchun, Navoiy viloyati ekologiya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 1-oktabrdan hozirgi kungacha saksovulga zarar yetkazish boʻyicha 5 ta holat aniqlangan boʻlib, barcha huquqbuzarlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirigan. Umumiy jarimalar 46 mln 875 ming soʻmni, zarar esa 31 mln 500 ming soʻmni tashkil etgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112220 | Инструменты