Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Respublika bo‘ylab noqonuniy qurilishlar bo‘yicha reyd tadbirlari o‘tkazilgan.
Tadbir davomida Yunusobod tumani Sharof Rashidov ko‘chasi 16- uyning tom qismiga yengil va og‘ir konstruksiyali noqonuniy qurilmalar mulkdor tomonidan qurib olinganligi aniqlangan.
Maʼlum qilinishicha, ushbu ko‘p qavatli uyning tom qismida o‘zboshimchalik bilan bu tartibda rekonstruksiya yoki qurilish ishlarini amalga oshirish uning texnik holatini zaiflashtirib, eng asosiysi, zilzilaga mustahkamlik darajasining pasayishiga olib keladi.
“Holat yuzasidan joy mulkdoriga nisbatan MJtKga muvofiq belgilangan tartibda maʼmuriy choralar qo‘llanilib, 30 kunlik muddat oralig‘ida qurilmani avvalgi holatga qaytarish majburiyati yuklandi. Mazkur noqonuniy holatlar yozma ko‘rsatma asosida belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, ushbu ish huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilib, majburiy tartibda bartaraf etiladi”,- deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112301 | Инструменты