Xalq orasida “Salimboyvachcha” nomi bilan tanilgan O‘zbekiston sport kurashlari assosiatsiyasi rahbari Salim Abduvaliyev ishdan olindi.
U 2017-yil yanvar oyidan buyon O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimida ham ishlagan. Abduvaliyev bu lavozimdan o‘tgan yil ketgan.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) binosida o‘tkazilgan saylovda O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla To‘lqinovich Yo‘ldoshev Sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi etib saylandi.
Qayd etish joiz, Abduvaliyev joriy yil 12 yanvar kuni ozodlikka chiqarildi. Salim Abduvaliyev kasalligi tufayli Jinoyat kodeksining 75-moddasi (Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotish oqibatida jazodan ozod qilish) tartibida jazodan ozod qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11505 | Инструменты