Huawei 1
Samarqand shahridagi jamoat transportida yo‘lkira narxi oshdi

Elektron to‘lov tizimidan foydalanuvchi yo‘lovchilar qamrovini va tabaqalashgan tariflarni joriy etish orqali shahar yo‘lovchi transporti korxonalarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining samaradorligini oshirish, shuningdek, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida viloyat hokimi qaroriga ko‘ra, 2025-yil 15-apreldan boshlab, Samarqand shahar jamoat transportida yo‘lkira narxlari o‘zgardi.

Endi yo‘lovchilar shahar hududida shahar yo‘lovchi transporti - avtobus, elektrobus va tramvaylarda qatnovni amalga oshirish uchun naqd pul orqali amalga oshirilganda 3 ming so‘mni, bank plastik va yagona transport kartalari (ATTO) orqali amalga oshirilganida esa 2000 so‘m qilib belgilandi.

Qarorga asosan aholi, pensioner va nogironlar, talaba va o‘quvchilar hamda jamoat transportidan bepul foydalanish huquqiga ega shaxslar uchun alohida tariflar belgilandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41906 | Инструменты