Huawei 1
Samarqand viloyati hokimligi MMA jangchisiga 3 xonali uy sovg‘a qildi

Samarqand viloyati hokimligi tomonidan MMA jangchisi Mavlud Tifiyevga 3 xonali uy topshirildi. 

Manbaga ko‘ra, IFC promousheni chempioni Mavlud Tifiyev Samarqand viloyati hokimligi, xususan, yaqinda hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Adiz Boboyev tomonidan taqdirlangan. Uning qaysi moliyaviy hisobdan taqdirlangani noma’lum.

Ma’lumot o‘rnida, Mavlud Tifiyev joriy yilning 7 dekabr kuni Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida bo‘lib o‘tgan IFC turnirida raqibini nokautga uchratib, kamar sohibiga aylangan. Shuningdek, u “One FC”, “Fire Fight”, RCC kabi promoushenlarda g‘alabalar qayd etib kelyapti.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122700 | Инструменты