Huawei 1
Samarqandda 1 tonna iste’molga yaroqsiz go‘shtlarni Toshkentga olib kelayotgan shaxs qo‘lga olindi

Navoiy viloyatida 2023-yil 14-mart kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida iste’molga yaroqsiz bo‘lgan go‘sht mahsuloti aniqlandi.

Xususan, 14-mart kuni soat 02:20da Karmana tumanida joylashgan "Samarqand" YPX maskanida "Buxoro-Toshkent" yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan fuqaro U.B. boshqaruvida bo‘lgan "GAZ ” rusumli avtotransport vositasining yukxonasida veterinariya-sanitariya hujjatlarsiz, suyakdan ajratilgan, yirik shoxli molga tegishli bo‘lgan jami 1000 kg (1 tonna) lahim go‘sht mahsulotlari borligi aniqlangan.

Ushbu go‘sht mahsulotlari yuzasidan o'tkazilgan tekshiruv xulosasiga ko‘ra, iste’molga yaroqsiz ekanligi ma’lum bo‘lib, mahsulot yoqib yuborildi.

Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi hamda viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlarini olib borishmoqda.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Jizzaxda iste’molga yaroqsiz 84 kg go'sht "Nexia" salonida saqlanayotganligi aniqlangani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50906 | Инструменты