Huawei 1
Samarqandda 13,1 ming kub marmarni noqonuniy qazib olish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ishtixon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.” AJ masʼul shaxslari “Zarband (1978)” marmar konining kon ajratmasi bo‘yicha belgilangan chegaradan tashqarida o‘zboshimchalik bilan jami 13,1 ming kub marmarni noqonuniy qazib olib, tabiiy obyektlarga 5,1 mlrd so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiisteʼmol qilish) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga