Samarqand viloyatida 8-sinf o‘quvchisi bo‘lgan qiz bir guruh shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilib, zo‘rlandi. Bu haqda “Nemolchi.uz” xabar qildi.
Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani o‘z vakolati doirasida kuzatuv olib bormoqda.
Holat yuzasidan gumonlanuvchi shaxslarga nisbatan JKning 119-moddasi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hozirda jinoyat ishi doirasida voyaga yetmagan qizga nisbatan tegishli sud-tibbiyot va biologik ekspertizalari tayinlangan.
Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111412 | Инструменты