Ijtimoiy tarmoqlarda "Samarqandda 8-sinf o‘quvchisi ona bo‘ldi" mazmunidagi xabar tarqaldi.
Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganib, o‘z kuzatuviga oldi.
Aniqlanishicha, Samarqand viloyatidagi maktabning 8-sinf o‘quvchisi, voyaga yetmagan (2009-yilda tug‘ilgan) P.Z. 2023-yil avgust oyida o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan, 2006-yilda tug‘ilgan Sh.E. bilan yaqin munosabatda bo‘lgan. 2024-yil 6-may kuni shifoxonada P.Z. chaqaloq dunyoga keltirgan.
Mazkur holat yuzasidan (voyaga yetmagan qizning yoshidan kelib chiqib, ariza bilan murojaat qilinmagan bo‘lsada) tuman IIB tomonidan JKning 128-moddasi 1-qismi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122417 | Инструменты