Samarqand viloyati Ishtixon tumanida aqli zaif fuqaro YHXB xizmat avtomashinasining tom qismiga chiqib oldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 10 yanvar kuni Samarqand viloyati IIB YHXB 4-otryad guruh komandiriga biriktirilgan Lacetti rusumli xizmat avtomashinasi Ishtixonda to‘xtab turgan vaqtida tumanning “Toytuyoq” mahallasida yashovchi 36 yoshli fuqaro xizmat avtomashinasining tom qismiga chiqib olgan.
Holat yuzasidan olib borilgan tekshiruv harakatlari davomida mazkur fuqaro Samarqand viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turishi va muqaddam bir necha bor davolanish uchun ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgani aniqlangan.
Bildirilishicha, hozirda mazkur fuqaro Samarqand viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasiga davolash uchun yuborilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11117 | Инструменты