Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda nikoh to‘yi marosimida yosh katta otaxon transport vositasini boshqarish davomida yo‘l bezoriligini sodir etganligi holati aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB YHXB munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Pastdarg‘om tumani “Qarshiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda bir guruh transport vositalari haydovchilari nikoh to‘yi marosimida transport vositalarining yo‘nalishini keskin o‘zgartirib, guruh-guruh bo‘lib harakatlanishgan. Ular orasida yoshi katta otaxon ham guruhga qo‘shilib, qoidalarni buzgan.
Ushbu qoidabuzar haydovchilarga nisbatan MJtKning 128-prim 10-birinchi qismi hamda 129-moddasiga asosan qonuniy tartibda choralar ko‘rilib, transport vositalari vaqtinchalik saqlash jarima maydonchalariga olib kelib qo‘yilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71220 | Инструменты