Samarqand viloyatining Juma shahrida kotlovan noto‘g‘ri qazilishi oqibatida qurilish obyektiga tutash bo‘lgan uy qulab tushdi.
Holat yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, mazkur obyekt viloyatning Past Darg‘om tumani “Samarqand” mahallasi Samarqand ko‘chasida joylashgan noturar joy hisoblanadi. Haqiqatan ham xandaq qazish jarayonida noto‘g‘ri yo‘l tutilgani bois qo‘shni uyga zarar yetgan.
Vazirlik holatga doir qo‘shimcha ma’lumotlar o‘rganishlardan so‘ng ma’lum qilinishini bildirdi.
Past Darg‘om tumani hokimligiga ko‘ra, voqea natijasida jarohat olganlar yo‘q. Hozirda holat yuzasidan tegishli tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101004 | Инструменты