Huawei 1
Samarqandda magistral suv quvuri teshilib, ko‘chalarni suv bosdi

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, Samarqand shahridagi Cho‘pon ota suv inshootidan kelayotgan diametri 1000 millimetrlik katta bosimdagi markaziy suv quvurida favqulodda nosozlik yuzaga kelgan. 

Shu sababli Zarafshon, Andijon, Usta Umar Jo‘raqulov, Panjikent, So‘zangaron, Navoiy, Sadriddin Ayniy, Amir Shohmurod, Registon, Termiz, Universitet xiyoboni, Orzu Mahmudov, O‘zbekiston, Firdavsiy, Abdurahmon Jomiy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Akbar Otaxo‘jayev, Bobur Mirzo ko‘chalari va ushbu ko‘chalarga tutash mahalla va hududlarda vaqtincha ichimlik suv to‘xtatilgan.

Samarqand suv ta’minoti shahar filialining xabar berishicha, favqullodda yuz bergan nosozlik mutaxassislar tomonidan bartaraf etilmoqda.

Ichimlik suv ta’minoti to‘xtagan hududlarga “Samarqand suv ta'minoti" AJ shahar filiali tomonidan maxsus texnikalar bilan yetkazib berilmoqda.

Qayd etilishicha, suv ta’minoti qachon tiklanishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122405 | Инструменты