Huawei 1
Samarqandda maktab o‘quvchisiga jismoniy tazyiq o‘tkazib kelingani haqida xabarlar tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Payariq tumanidagi maktab o‘quvchisiga jismoniy tazyiq o‘tkazib kelinayotganligi to‘g‘risida xabar tarqaldi.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘z kuzatuviga oldi.

O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, 2009-yilda tug‘ilgan, 7 "V" sinf o‘quvchisi U.A. (qiz bola) ga qo‘lining ko‘karish holati borligi haqida uning sinfdoshlari shu yilning 19-aprel kuni xabar topib, ushbu maktabning ingliz tili o‘qituvchisi Sh.Sh. ga aytishgan, lekin o‘qituvchi bolaga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik yuzasidan tegishli ravishda xabar bermagan va bu borada chora ko‘rmagan.

Hozirda Payariq tumani IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur vaziyat kompleks ravishda tuman prokuraturasi, maktab inspektor-psixologi va tumanning "Inson" ijtimoiy himoya markazi xodimlari tomonidan  o‘rganilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga