Huawei 1
Samarqandda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan Cobalt majaqlanib ketdi

Samarqand viloyati Urgut tumanida Cobalt va Jiguli to‘qnashib, ayanchli yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 30 aprel kuni soat 10:30 larda Urgut tumani “Sariqtepa”mahallasi hududidan o‘tuvchi D-066 avtomobil yo‘lining 66-kilometrida haydovchi Cobalt rusumli avtomobilini Urgut-Kenagas yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan transport vositasini quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan. Shu vaqtda to‘g‘ridan o‘z yo‘lida kelayotgan VAZ-21-063 rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan.

Bildirilishicha, YTH oqibatida jarohatlanganlar tuman tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan. Hozirda holat yuzasidan Urgut tumani IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50404 | Инструменты