Samarqandda qariyb 3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi Ular 24 mingta xonadonning 6 oylik gaz miqdorini sarflab yuborgan
“Hududgaz Samarqand’’ gaz ta’minoti filiali tomonidan hududlarda gaz o‘g‘irliklarini aniqlash bo‘yicha o'tkazilgan nazorat tadbirlarida qariyb 3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmatining xabar berdi.
Aniqlanishicha, 2021 yilning avgust oyida turli xildagi mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar tomonidan shartnoma shartlariga amal qilmay, gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish bo‘yicha jami 12 ta holat aniqlanib, tarmoqdan uzilgan.
Barcha to‘plangan materiallar esa huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilgan. Noqonuniy ulanishlar natijasida gaz ta’minoti korxonalariga yetkazilgan zarar miqdori 2 mlrd 825 mln 687 ming 120 so‘mni tashkil etgan.
Ma’lumot berilishicha, ushbu hajmdagi tabiiy gaz taxminan 24 mingta xonadonning 6 oylik gaz iste’molini tashkil qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42616 | Инструменты