Turkiyaning Konya shahrida yashovchi 67 yoshli Rahmi Qorademir ismli erkak jarrohlik amaliyoti va arteriya tiqilib qolganidan so‘ng o‘z ona tili – turk tilini unutib qo‘ydi va o‘n yil ichida birinchi marta faqat Daniya tilida gapira boshladi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Agentlik xabariga ko‘ra, shifokorlar o‘tgan haftada uning tizzasini operatsiya qilishgan. Ikki kundan so‘ng erkakning o‘ng qo‘li va oyog‘i falaj bo‘lib, gapirmay qolgan. U shoshilinch tekshiruvdan o‘tkazilgan, shifokorlar miyasining chap tomonidagi katta tomirni to‘sib qo‘ygan qon quyilishga o‘xshash holatni aniqlagan. Muvaffaqiyatli muolajadan so‘ng Qorademirning alomatlari sezilarli darajada yaxshilangan, lekin u turkcha gapira olmagan.
Buning o‘rniga u ko‘p yillar davomida gapirmagan Daniya tilida muloqot qila boshlagan. Uning to‘satdan tilini o‘zgartirishi xotini va bolalarini hayratda qoldirgan, shunday bo‘lsada ularning ba’zilari dancha gapirgan va bu erkak bilan osonroq muloqot qila olishga yordam bergan.
Qorademir turkchani tushunganini, lekin gapira olmasligini, bu holat o‘zini ancha qiynayotganini aytgan.
Shifokorlarga ko‘ra, chet til sindromi yoki tilni tiklash deb nomlanuvchi hodisa miya shikastlanishi til markazlariga boshqacha ta’sir qilganda paydo bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan. Ular Rahmi Qorademirning turkcha nutq qobiliyati vaqt o‘tishi bilan asta-sekin qayta tiklanishi mumkinligini aytgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42622 | Инструменты