Samarqand viloyatida qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Holatlardan biri Bosh prokuratura huzuridagi Oqdaryo tuman bo‘limi tomonidan tuman ekologiya va atrof muhitini muhofaza qilish sohasida nazorat inspeksiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan. “A.G” MCHJ mas’ul shaxslari hech qanday hujjatlarsiz “Kumushkent” va “Xalqobod” MFY chegarasidan oqib o‘tuvchi Oqdaryo daryosi muhofaza zonasi hududidan SANY rusumli ekskavator yordamida jami 13 ming kub hajmdagi qum-shag‘al xomashyosini o‘zboshimchalik bilan qazib olishib, davlat va jamiyat manfaatlariga 6 milliard so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.
Shu kabi departamentning Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.B.” MCHJ rahbari B.E. Zarafshon massivi hududidan baliqchilik xo‘jaligini tashkil qilish uchun ajratilgan 11 gektar yer maydonidan hech qanday hujjatsiz jami 9,5 ming kub hajmdagi qum-shag‘al aralashmasini o‘zboshimchalik bilan qazib olgani, shuningdek tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulanib, 177,6 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111310 | Инструменты