Huawei 1
Toshkentda umumiy uzunligi 18 km bo‘lgan 7 ta ko‘chada avtobus yo‘laklari joriy etiladi

Toshkentda umumiy uzunligi 18 km bo‘lgan 7 ta ko‘chada avtobus yo‘laklari joriy etiladi. 

“Toshshahartransxizmat” AJ xabariga ko‘ra, hozirda 53 km uzunlikdagi avtobus yo‘laklari mavjud.

Yangi yo‘laklar tashkil etilishi natijasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yaxshilanadi, yo‘lovchilar vaqti tejaladi hamda jamoat transporti jozibadorligi oshiriladi.

Avtobuslar uchun ajratilgan alohida yo‘laklar joriy etilishi natijasida mazkur ko‘cha bo‘ylab harakatlanuvchi avtobuslarning tasarruf tezligi 18 km/soatdan 24 km/soatgacha ko‘tarilib, 29 foizga yaxshilandi.

Ushbu yo‘laklar orqali harakatlanayotgan avtobuslar xizmatidan kunlik foydalanuvchi 600 mingdan ortiq yo‘lovchilarning har kuni 100 ming soat vaqti tejalishiga erishilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111411 | Инструменты