27-may kuni soat 16:00lar atrofida Samarqand shahrining Siyob kanali yonidagi quvurdan 1998-yilda tug‘ilgan, 4 nafar farzandning onasi o‘zini pastga tashlamoqchi bo‘lgan. Hodisaga rashk sabab bo‘lgan.
IIB xodimlari tomonidan ayol bilan olib borilgan profilaktik tushuntirish ishlaridan so‘ng u niyatidan qaytgan va patrul-post xizmati hamda FVB xodimlari tomonidan qutqarib olingan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122406 | Инструменты