Samarqand viloyatida 5,3 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “O‘zenergoinspeksiya” Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Narpay tumanida joylashgan “N. M. T.” MCHJga qarashli tosh maydalash sexi o‘zboshimchalik bilar tok transformatorni almashtirib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.
Ushbu qoidabuzarlik oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 5 milliard 319 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgan.
Bildirilishicha, hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 81814 | Инструменты