Huawei 1
Samarqandda umraga yuborish bilan noqonuniy tarzda shug‘ullanib kelgan turfirma aniqlandi

Joriy yilning 10 dekabr kuni Samarqand viloyatida o‘tkazilgan maxsus tadbirda noqonuniy tarzda “Umra” tadbirlarini tashkil etib kelgan turfirmaga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rildi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabar berdi.

Qayd etilishicha, Samarqand shahrida joylashgan “Atlas avia tour” turistik firmasining 2002 yilda tug‘ilgan xodimi fuqaro A.D.ga tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan holda “Umra” ziyoratiga yuborishini va’da qilib, boshqa fuqarolardan 3600 AQSH dollari olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 1682-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121614 | Инструменты