Huawei 1
Samarqandda xo‘roz urishtirish uchun maxsus "arena" tashkil qilgan 45 yoshli erkak ushlandi

Samarqand viloyati IIB tezkor-qidiruv xizmati tomonidan tezkor tadbir uyushtirilgan. Natijada Urgut shahrida yashovchi 45 yoshli fuqaro maxsus "arena" tashkil qilib, xo‘rozlarni pul evaziga urishtirib, qimor o‘yinini o‘tkazayotganligi aniqlangan.

Surishtiruvlar davomida bir necha fuqaro o‘zlariga tegishli bo‘lgan xo‘rozlarni urishtirish maqsadida olib kelganligi ma’lum bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, aynan mazkur o‘yinni tomosha qilish uchun 200ga yaqin insonlar kelgan.

Tashkilotchining yonidan tomoshaga tashrif buyurgan fuqarolardan yig‘ib olingan jami 3 mln 225 ming so‘m miqdoridagi pullar rasmiylashtirib olingan. Mazkur holat yuzasidan qimorxona tashkil qilgan shaxslarga nisbatan JKning 278-moddasi 1-qismiga asosan, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xo‘roz urishtirishda qatnashgan va IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan fuqarolarni ma’muriy javobgarlikka tortish uchun hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122706 | Инструменты