Avvalroq, Samarqandda erkak ayolini rashk qilgani sabab 2 nafar o'g'lini bo'g'ib o'ldirgani haqida xabar bergan edik. Unda ma'lum bo'lishicha, erkak Rossiyaga ishlash uchun ketgan turmush o‘rtog‘ini begona shaxslar bilan ishqiy munosabatda bo‘lganligi haqida video tasvirlarini ko‘rib, u bilan telefon orqali janjallashgan. So‘ng u turmush o‘rtog‘idan qasd olish maqsadida yashash uyida uxlab yotgan 2 nafar 8 va 6 yoshli o‘g‘illarini qasddan o‘ldirgan va o'zi tuman IIBga kelib bu haqida ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 97-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Jinoyat ishlari bo'yicha Samarqand shahar sudida ushbu ish ko'rib chiqildi. Bosh prokuratura bergan ma'lumotlarda farzandlar soni 2 nafar edi. Sud ishi ko'rib chiqilayotganda esa ular soni 3 nafar bo'lganligi tasdiqlandi.
"Boshqa sen bilan yashamayman, bolalarimni olib borib onamnikiga qo'y, men buyoqdan er topib oldim" dedi xotinim menga. Shundan so'ng meni jahlim chiqib ketib bu ishni qildim. Katta qizcham qo'limda jon berdi, ko'rib qo'rqib ketdim, dodladim, yig'ladim. Keyin turib o'zimni pichoqladim", - deydi qotil ota.
Sud hukmiga ko'ra, qotil otaga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "a", "v", "j" bandlari bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21904 | Инструменты