Huawei 1
Samarqanddagi 40,4 ming ko‘cha elektron xaritaga kiritildi

“Geografik obyektlarni nomlash to‘g‘risida”gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarga ko‘ra, geografik obyektlar nomini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish maqsadida davlat reyestri yuritiladi.

Kadastr agentligi geografik obyektlarning nomlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini qonunchilikda belgilangan tartibda geografik obyektlar nomlarining davlat reyestriga kiritgan holda amalga oshiradi.

– Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha komissiyasining aʼzosi va ishchi organi sifatida Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi ham bu borada zarur chora-tadbirlarni ko‘rmoqda, – deydi Davlat kadastrlari palatasining Samarqand  viloyat boshqarmasi shuʼba boshlig‘i Sh.Po‘latov. – Xususan, 2023 yil  davomida boshqarma va uning tuman (shahar) filiallari tomonidan viloyatda mavjud 1126 ta mahalladagi 40 ming 484 ta ko‘cha elektron xaritalarda aks ettirilib, belgilangan tartibda toifalar (shoxko‘cha, ko‘cha, tor va berk ko‘cha)ga ajratib chiqildi. Yil yakuniga qadar ushbu ko‘chalarning 23759 tasi “Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri”ga kiritildi. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalar tomonidan qolgan ko‘chalarga nom berish hamda davlat ekspertizasidan o‘tkazgan holda Xalq deputatlari viloyat Kengashi qarori bilan tasdiqlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Qonunga ko‘ra, geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirishni amalga oshiruvchi organlar geografik obyektlarga nom berilganligi va ularning nomlari o‘zgartirilganligi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlarni geografik obyektlar nomlarining davlat reyestriga kiritish uchun o‘n kunlik muddatda Kadastr agentligiga taqdim etishi shart. 2023 yilda viloyat bo‘yicha 21 mingdan ortiq geografik obyekt nomi davlat ekspertizasidan o‘tkazish va davlat reyestriga kiritish uchun Kadastr agentligiga yuborilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122520 | Инструменты