Huawei 1
San’atkor Halima Ibragimovaning singlisi qamoqqa olindi

Bugun, 25-iyun kuni fuqaro H.Ibragimova (sanʼatkor) ijtimoiy tarmoq orqali murojaat qilib, Toshkent tumani IIO xodimlari uning singlisi Hanifani yashash xonadoniga kelib, biror bir “asossiz” uni olib ketganligi toʻgʻrisida maʼlum qilgan. Holat yuzasidan Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmatirasmiy ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur murojaatda keltirilgan vajlar viloyat IIBB tomonidan oʻrganilgan.

Ish hujjatlariga koʻra, Jinoyat ishlar boʻyicha Nurafshon shahar sudi fuqaro 1982-yilda tugʻilgan H.I. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotganligi, jinoyatining ijtimoiy xavflilik darajasi va hozirgi kunda dastlabki tergovdan boʻyin tovlab yurganligi hamda unga nisbatan qidiruv eʼlon qilinganlik holatlarni inobatga olib, fuqaro H.I.ga nisbatdan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash boʻyicha ajrim qilgan va uning ijrosini taʼminlash Ichki ishlar organlariga yuklatilgan.

Mazkur ajrimga asosan, Toshkent tumani IIB xodimlari tomonidan fuqaro H.I.ning (qidiruvda boʻlgan) yashiringan manzili aniqlanib, ushlangan va ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qoʻllanilgan. Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, viloyat IIBB murojaat muallifini va ayrim OAV vakillarini mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilayotganligini inobatga olib, jarayonga maqola, materiallar yoki boshqalar orqali taʼsir oʻtkazmaslikka hamda axborotga bir tomonlama yondashmaslikda chaqiradi.

Izohlar: 3
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 80712 | Инструменты