“Sardoba” suv ombori bilan bog'liq jinoyat ishi yuzasidan 2 nafar shaxs hibsga olindi
Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv ombori bilan bog'liq jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hozirda jinoyat ishi bo'yicha 2 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, ularga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo'llanildi. Bu haqida Bosh prokuratura xabar qildi.
Ish bo'yicha haqiqatni aniqlashga to'sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11421 | Инструменты