Huawei 1
“Sayidaziz medgorodok” laqabi bilan tanilgan Saidaliyev Saidaziz qamoqqa olindi

“Sayidaziz medgorodok” laqabi bilan tanilgan Saidaliyev Saidaziz qamoqqa olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 165-moddasi (tovlamachilik) bilan bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergov qilinmoqda. Mazkur jinoyat ishi doirasida o‘tkazilgan tergov-tezkor harakatlari doirasida bir qator jinoiy holatlar aniqlangan.

Jumladan, Toshkent shahrida “Sayidaziz medgorodok” laqabi bilan tanilgan 1987 yilda tug‘ilgan Saidaliyev Saidaziz Saidaglamovich sport bilan shug‘ullangan jismonan baquvvat bo‘lgan bir nechta shaxslarni o‘z atrofiga jalb qilib, qator jinoyatlarni sodir etgan.

Xususan, qarzdorlik va boshqa muammolari bo‘lgan shaxslarni muammolarini qonunni chetlab o‘tgan holda hal qilib berish evaziga moddiy jihatdan manfaatdor bo‘lish, tahdidlar yo‘li bilan pul mablag‘larini noqonuniy qo‘lga kiritish, bezorilik va tamagirlik holatlari shular jumlasidandir.

Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchi S.Saidaliyev va boshqa bir nechta shaxslarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Toshkent shahrida kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilayotgani haqida xabar berilgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112309 | Инструменты