“Scream-6” filmi uchun birinchi dam olish kunlaridayoq 45 million dollarlik chiptalar sotildi

Ma’lumotlarga ko‘ra , "Scream" ya'ni “Qichqiriq-6” qo‘rqinchli filmi katta ekran yuzini ko'rganidan so'ng birinchi dam olish kunlarida taxminan 44,5 million dollar yig‘di. Jahon prokatidagi boshlang‘ich daromad 67 million dollardan oshdi.

Tahlilchilarning fikricha, “Qichqiriq 6” budjeti 35 million dollar bo‘lganligi tufayli tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli film bo‘ladi. Shuningdek, kartinaning muvaffaqiyatiga Jenna Ortega ham ta’sir qiladi.

“Qichqiriq-6” filmidan oldin franshizaning eng muvaffaqiyatli qismi 2000-yilda chiqqan “Qichqiriq-3” bo‘lgan, o‘shanda film dam olish kunlarida 34 million dollar yig‘gan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72618 | Инструменты